09:23 / 23.12.2015
4933

Toshkentda firibgarlar MChJ rahbarini aldab 100 mln so‘m undirishdi

Toshkentda yaqindagina ochilgan MChJ rahbari Bekzod bir guruh firibgarlarning aldovlariga uchib, ularga 98 mln so‘m pulni berib yubordi, deb yozadi “Ogoh” gazetasi.

Aytilishicha, uning huzuriga Nosir va Vyacheslav ismli shaxslar kelib, shaharda tender tanlovi o‘tkazilayotganini aytishgan. MChJ nomiga xorijdan kelgan Kixx HD15 W-40, Kixx CG-4 motor moyini O‘zbekistonga import qilish va katta korxonalarning distribyutoriga aylanish uchun davlat bojlarini to‘lab, litsenziya olib berishlariga ishontirishgan. Bu so‘zlarga ishongan rahbar ularga 98 mln so‘m berib yuborgan.

Shundan so‘ng u firibgarlarni topa olmagan. Bir muddat qidirib ovora bo‘lgach, tegishli idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. O‘tkazilgan taftish natijasida firibgarlar topilib, pullar egasiga qaytarilgan.

Top