14:46 / 24.12.2015
2761

“Kun.uz sayti “E'zoz, ehtirom, e'tirof” respublika tanlovi sovrindori bo‘ldi

Kun.uz sayti “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi doirasida jurnalistika sohasida o‘tkazilgan “E'zoz, ehtirom, e'tirof” respublika tanlovi sovrindori bo‘ldi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 24 dekabr kuni poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tdi. Tanlov “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi teledastur”, “Eng yaxshi eshittirish”, “Eng yaxshi ijtimoiy rolik” va “Eng yaxshi internet sayt” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Milliy qadriyatlar va an'analarni targ‘ib qilish ishlari samaradorligiga erishish, yoshlarda keksalarga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan tanlovda 100ga yaqin ijodkorlar 1000dan ziyod materiallari bilan ishtirok etdi.
Kun.uz sayti “Eng yaxshi internet sayti” nominatsiyasida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

Top