00:23 / 24.12.2015
3673

“O‘zbekneftegaz” “Alan” kompressor stansiyasini foydalanishga topshirdi

“O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi “Alan” kompressor stansiyasini foydalanishga topshirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.

Stantsiyadan foydalanishdan maqsad Qashqadaryo viloyatida joylashgan Alan koni qoldiq zaxiralaridan tabiiy gaz va kondensat olish hisobiga ularning hajmini oshirishdan iborat.

Kompressor stansiyasining ishga tushirilishi gazni Muborak gazni qayta ishlash zavodiga yuborishdan avval uni tayyorlash bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarni qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.

Rossiyaning “Kazanskoye motorostroitelnoye proizvodstvennoye ob'yedineniye” kompaniyasi kompressor stansiyasiga quvvati yiliga 5 mlrd kub metr gazni tashkil qiladigan qurilma yetkazib berdi.

Loyihaning qiymati 178,3 mln dollarni tashkil qildi.

Top