07:03 / 24.12.2015
4516

AQShda 3 ming mahbus kompyuter tizimidagi nosozlik tufayli muddatdan oldin ozodlikka chiqib ketdi

AQShning Vashington shtatidagi ko‘plab mahbuslar kompyuter tizimidagi nosozlik tufayli muddatdan oldin ozodlikka chiqib ketdilar, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.

Shtat gubernatori Jyey Insli 3 mingdan ortiqroq mahbus nosozlik tufayli ozod bo‘lganlarini tasdiqladi. U nosozlikka 2002 yilda tizimning yangilangani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

“Biz bu muammoni 13 yil davomida hal qilmaganimizdan juda afsusdaman. Bunga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va to‘g‘risini aytsam, asabni qo‘zg‘atadi”, deb aytdi Insli. 

Ta'kidlanishicha, bu xato haqida 2012 yilda mahbuslardan birining qurboni oilasi uning muddatdan avval ozodlikka chiqqanini bilgach ma'lum bo‘lgan.

Gubernatorning aytishicha, ayni paytda qamoqxonaga qaytarish kerak bo‘lgan sobiq mahbuslarni topish vazifasi turibdi. Gubernatorning ma'lum qilishicha, 3,2 ming mahbusdan faqatgina 7 kishi topilgan.

Top