22:46 / 24.12.2015
3618

AQShda faollar qora tanli yigitning politsiyachilar tomonidan o‘ldirilishi sababli xalqaro aeroportni to‘sib qo‘yishdi

AQShning Minneapolis xalqaro aeroporti terminali qora tanli fuqarolarning huquqlarini himoyalovchi Black Lives Matters tashkilotining bir necha yuz faollari tomonidan to‘sib qo‘yildi, deb xabar bermoqda USA Today nashri.

Norozilar o‘tgan oyda politsiyachilar tomonidan otib o‘ldirilgan, Minneapolisda yashagan 24 yoshli qora tanli Jamar Klarkning ishi bo‘yicha tergov o‘tkazilishini talab qildilar. Faollar dastlab yirik savdo markazlaridan birida yig‘ila boshladilar, biroq markaz rahbariyati namoyishni noqonuniy deb topib, odamlarni hududni tark etishga chaqirdi. Olomon temir yo‘l izlari bo‘ylab aeroport tomonga yo‘l olib, u yerdagi terminallardan birini to‘sib qo‘ydi.

Politsiya bir soat davomida namoyishchilarni tarqata olmadi, 15 ga yaqin kishi hibsga olindi. To‘polon paytida hech kim jabrlanmagan.

Avvalroq Minneapolis meri Betsi Xojyes AQSh adliya departamentining fuqarolik huquqlari bo‘yicha bo‘limiga “ochiq-oydinlik va jamoatchilik ishonchi yo‘lida” ushbu voqea yuzasidan federal tergov o‘tkazish iltimosi bilan maktub yo‘llaganini aytgan.

Jamar Klark bosqinchilikda ayblanib hibsga olingan. Bir qator guvohlar, shuningdek, Klarkning otasi politsiyachi uning o‘g‘lini otib tashlaganda u qo‘lkishanlarda bo‘lganini ta'kidlamoqdalar.

Top