16:26 / 24.12.2015
14157

Atambayev bahorgi inqilob haqida: bu niyatlaringga yeta olmaysizlar!

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev jurnalistlarning 2016 yil bahorida kutilayotgan voqealar haqidagi savoliga javob berdi.
Jurnalist Mohinur Niyozova mamlakatda aeroport uchun to‘lov joriy etilgani, xizmatlar narxi qimmatlashayotganini, ko‘chmas mulk sug‘urtasi joriy etilayotgani, xarajatlar esa yana aholi zimmasiga tushishini aytib o‘tdi.

“Jamoatchilik bahorda qanaqadir voqealar, balki, inqilob bo‘lar deb fikr bildirmoqda”, - dedi qo‘shimcha qilib jurnalist.
Bu so‘zlar Atambayevning jahlini chiqarib yubordi.

“Sen o‘zing xohlagan narsani haqiqiy qilib ko‘rsatmoqchisan. Niyatlaringga erisha olmaysan! Sen ham, bakiyevchilar ham!”, - dedi u.
“Aeroport to‘lovlariga kelsak, - so‘zida davom etdi prezident. – Bishkekka biror yo‘l olib borishini istaymizmi? Butun davlat buning uchun to‘lashi kerakmi yoki faqat uchayotganlarmi? Bundan tashqari, gap faqat xalqaro reyslar haqida ketmoqda.

Bu yo‘l mamlakatning yuzidir, u yaxshi ahvolda bo‘lishi kerak. Uy-joy sug‘urtasiga kelsak, bu narsa bizda haligacha yo‘q. Agar uy butunlay vayron bo‘lsa, odamlarga 200 ming som ssuda to‘lanadi. Bu summaga odam o‘ziga uy qura oladimi? Uy-joy sug‘urtasi barcha rivojlangan davlatlarda bor”.

Top