Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Turkiya Su-24 samolyotini urib tushirgani uchun Rossiyadan kechirim so‘rashi zarur, deb hisoblaydi. Uning so‘zlarini RIA Novosti agentligi keltirmoqda.
“O‘ylashimcha, Turkiya kechirim so‘rashi lozim. Mening asosiy prinsipim – yaxshi janjal eng zaif tinchlikdan yomonroqdir. Ba'zan chidashga to‘g‘ri keladi. Bu ikki davlatga ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan manfaat keltirmaydi”, - dedi u yil yakunlariga ko‘ra bergan matbuot anjumanida.
Atambayevning ta'kidlashicha, samolyotni urib tushirish qarori to‘g‘ri bo‘lmagan.
“Samolyot Turkiya hududiga uchib kirgan bo‘lsa ham, bor-yo‘g‘i 17 sekund u yerda bo‘lganini aytishyapti, bu 17 sekund ichida 20 yil davomida qurilgan munosabatlarga raketa bilan zarba berish demakdir”, - ta'kidladi u.