11:48 / 24.12.2015
13224

Davlat departamenti: AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar Markaziy Osiyoga ta'sir o‘tkazayotganini tushunadi

AQSh Rossiyaga qarshi joriy etilgan iqtisodiy cheklovlar Markaziy Osiyo mamlakatlariga qay darajada salbiy ta'sir o‘tkazayotganini yaxshi tushunadi va mintaqani iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishda davom etadi.

Bu haqda AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Deniel Rozenblyum aytib o‘tdi.
“Albatta, sanksiyalar Markaziy Osiyoga qarshi yo‘naltirilmagan edi, lekin biz ularning ushbu mintaqa iqtisodiyotiga qanday ta'sir o‘tkazayotganini tushunamiz”, - dedi u telefon brifingi chog‘ida.

Shunga qaramay, Rozenblyum sanksiyalar Minsk kelishuvlari to‘la hajmda amalga oshirilmaguniga qadar davom etishini ta'kidladi.

Top