07:56 / 24.12.2015
12783

Erdo‘g‘an Su-24 samolyoti “qora quti”ning rasshifrovka qilinishi jarayonini “targ‘ibot shousi” deb atadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyani noyabrda urib tushirilgan Su-24 harbiy samolyoti “qora quti”ning rasshifrovka qilinishidan “targ‘ibot shousi” uyushtirayotganlikda aybladi, deb xabar bermoqda Dailysabah nashri.

“Qora quti” ochilgani, biroq unga shikast yetganligi sababli undagi ma'lumotni o‘qib bo‘lmasligi aytildi”, deb aytdi Erdo‘g‘an Anqaradagi chiqishi paytida.

“Butun dunyo Turkiyaning Su-24 samolyotini urib tushirishga huquqi bor bo‘lganini qo‘llab-quvvatlayotgan bir paytda bu riyokor targ‘ibot shousi hech qanday ma'noga ega emas”, deb aytdi Turkiya prezidenti.   

Uning aytishicha, Turkiya ishonchli ma'lumotlarga ega bo‘lgani uchun samolyotni urib tushirish qarorini qabul qilishda ikkilanmagan.

Avvalroq qora qutilardagi ma'lumotlarni o‘qishga maxsus ilmiy tadqiqot institutlari jalb qilinishi mumkinligi ma'lum qilingandi. Bu institutlar “bevosita kristallardan” ma'lumotlarni o‘qiy olishga qodir maxsus qurilmalarga ega bo‘lishlari mumkin, biroq bunga uzoq vaqt talab qilinishi mumkin.

Top