07:26 / 24.12.2015
3329

Gruziya bosh vaziri iste'foga chiqishga ariza berdi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili iste'foga chiqishga ariza berdi, deb xabar bermoqda “Novosti Gruziya” nashri.

Garibashvili bu haqda hukumat ma'muriyatida o‘tkazilgan shoshilinch matbuot-anjumanida ma'lum qildi.

Gruziya konstitutsiyasiga ko‘ra, bosh vazir iste'foga ketsa hukumatning butun tarkibi avtomatik ravishda o‘z vakolatini to‘xtatadi va vaqtinchalik vazifalarni bajaruvchiga aylanadi.

Mamlakat prezidenti bu holatda parlament ko‘pchiligi bilan maslahat o‘tkazishi va vazir lavozimiga nomzod 7 kundan kech bo‘lmagan muddatda e'lon qilinishi lozim.

Keyin bosh vazir lavozimiga nomzod vazirlar lavozimlariga nomzodlarni tanlashi va hukumat dasturini tuzishi hamda u bilan parlamentni tanishtirishi lozim bo‘ladi. Bundan keyin yangi hukumat tarkibiga ishonch bildirishni e'lon qilish jarayoni boshlanadi.

Top