18:19 / 24.12.2015
6709

Namanganda 5 ming so‘mga tibbiy ma'lumotnomalar yozib bergan tibbiyot xodimasi hibsga olindi

Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikalardan birining mudirasi Nasiba Otavaliyeva poraxo‘rlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, mudiralikka tayinlanishi bilan Otavaliyeva odamlarga tibbiy ma'lumotnoma berish uchun ulardan pul ta'ma qilgan. Bundan tashqari, hech qanday tekshiruvlarsiz “sog‘lom” deb yozib berish holatlari kuzatilgan.

Bundan ma'lumotnomalarning “stavkasi” 5 ming so‘mdan 15 ming so‘mgacha bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, bu ishda unga hamshiralar Nazokat Asqarova va Zarofat Abdullayeva, shifokor Arslon Qambarov sherik bo‘lishgan.

O‘tkazilgan tekshiruv davomida poliklinika ro‘yxatxonasida 67ta mana shunday soxta hujjat topildi. Ularning barida Otavaliyevaning imzosi qo‘yilgan edi.
Jinoiy guruh javobgarlikka tortildi.

Top