17:37 / 24.12.2015
3081

Notijorat konsert-tomosha dasturlari uchun ham ruxsatnoma olish majburiyati joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi “Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 354-sonli qaroriga muvofiq, endilikda notijorat maqsadlarda o‘tkaziladigan konsert-tomosha dasturlari uchun ham ruxsatnoma olish majburiyati joriy etildi.

Bu haqda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi: kecha va bugun” mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi. Tadbirda ta'kidlanganidek, qaror bilan konsert-tomosha dasturlari tashkil etish uchun bir martalik guvohnoma o‘rniga ruxsatnoma berish tartibi joriy etildi.

Shuningdek, avvallari faqatgina tijorat va reklama maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari uchun “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan bir martalik guvohnoma berilgan bo‘lsa, endilikda notijorat maqsadlarda o‘tkaziladigan tadbirlarning ham ssenariylari va dasturlari mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, bepul ravishda ruxsatnomalar beriladi.

Bunda binolarning xavfsizlik talablariga to‘g‘ri kelishi, jumladan, qo‘shimcha chiqish eshiklari bo‘lishi, kuzatuv kameralari o‘rnatilgani ham inobatga olinadi.

Top