18:45 / 24.12.2015
3908

Olmaota metrosining sobiq rahbari 9 yilga qamaldi

Sud yirik miqdordagi byudjyet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblangan Olmaota metropolitetining sobiq direktori Murat Ukshebayev va uning sheriklariga nisbatan hukm chiqardi, deya xabar bermoqda Nur.kz shahar sudi matbuot xizmati ma'lumotiga asoslangan holda.

Sudlanganlar Olmaota shahar metropoliteni qurilishi uchun byudjyet mablag‘lari ajratilishi haqidagi ma'lumotga ega bo‘lgan holda metropoliten qurilishi uchun sotib olinadigan kabel mahsulotlari narxini oshirish yo‘li bilan byudjyet mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha jinoiy reja tuzishgan, deyiladi sud xabarida.

2010-2012 yillar davomida o‘z jinoiy xatti-harakatlari evaziga jinoyatchilar 2,5 milliard tengeni o‘zlashtirib yuborishdi.

Sud hukmiga ko‘ra, Ukshebayev bir qator moliyaviy jinoiy ishlarni amalga oshirganlikda aybdor deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Yana bir sudlanuvchi Ye.Kaldibayev esa sakkiz yil muddatga qamoq jazosiga hukm etildi. Shuningdek, sud ularning mol-mulkini musodara qildi.

Top