20:38 / 24.12.2015
15047

Qirg‘iziston prezidenti Qur'on o‘qish orqali IShID oldidagi xavotiri yo‘qolganini ma'lum qildi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bir necha marotaba Qur'on o‘qiganidan so‘ng IShID terroristik guruhidan cho‘chimay qo‘yganini ma'lum qildi. Bu haqda Qirg‘iziston yetakchisi 24 dekabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Markaziy Osiyo yangiliklari xizmati”.

“IShID meni qo‘rqitmaydi, bir necha marotaba Qur'onni o‘qidim, har qanday teolog (din bo‘yicha mutaxassis.-Kun.uz) bilan suralar bo‘yicha bahs olib borishim mumkin”, - dedi Atambayev ekstremizm xavfi haqidagi savolga javob berar ekan.

Ekspertlarning ma'lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharqda IShID tarkibida 2 ming nafar atrofida o‘rta osiyolik jang olib bormoqda. Jumladan, 100 nafar atrofidagi Qirg‘iziston fuqarosi terroristik guruhi a'zosi sifatida Suriya va Iroqdagi qurolli mojarolarda ishtirok etmoqda.

Top