21:31 / 24.12.2015
3421

Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari uchun besh kunlik o‘quv haftasi joriy qilinishi mumkin

Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari uchun besh kunlik o‘quv haftasi joriy qilinishi masalasi ko‘rilmoqda, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz muxbiri.

Ta'lim vazirligida muxbirga besh kunlik o‘quv haftasi yozgi ta'tilning qisqartirilishi hisobiga joriy qilinishi mumkinligi tushuntirildi.

Ta'kidlanishicha, bu yuz bersa, yozgi ta'til faqatgina 2 haftaga qisqartirilishi mumkin. Ayni paytda mutassadi tashkilotlar bu masalani o‘rganib, hisob-kitoblar o‘tkazmoqda va ularning natijasiga ko‘ra besh kunlik o‘quv haftasiga o‘tishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha o‘z prognozlarini beradilar.

Agar ushbu masala ijobiy hal qilinsa, ya'ni besh kunlik o‘quv haftasiga o‘tishga qaror qilinsa, unda buni joriy qilish ma'lum vaqt talab qiladi, chunki davlat ta'lim standartlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish lozim bo‘ladi.

Top