16:09 / 24.12.2015
3662

Royal Bank of Scotland neft narxi 16 dollarga tushishini kutmoqda

Royal Bank of Scotland bosh iqtisodiyotchisi Endryu Robertsning fikricha, 2016 yilda jahon bozorlarida neft narxi barreliga 16 dolllarga tushib ketadi. Bu haqda bankning yangi hisobotida aytildi.

Robertsning ishonishicha, neft narxlarining joriy dinamikasini fundamental omillar tushuntirib bera oladi. Bugungi trend, mutaxassisning fikricha, taklifning talabdan ko‘pligi bilan tushuntiriladi.

Bu trendni saqlab qoladigan omil esa Eronning jahon bozoriga chiqishi bo‘ladi. Bundan tashqari, ob-havo Tinch okeani suvlarining yuqori qatlamida haroratning to‘lg‘anishi bilan bog‘liq “El-Nino” omili ham energoresurslarga bo‘lgan talabni tushirib yubormoqda.

“Bu neft narxlari uchun zaharli retseptdir. Biz barreliga 26 dollar bo‘ladigan qisqa istiqbolli maqsad tomoni siljimoqdamiz, bunga erishganimizdan keyin esa 16 dollar narx bizni kutib turibdi. Bashoratlarimizga qaraganda, bu 2016 yilda sodir bo‘lishi kerak, lekin bu narsa birinchi chorakda bo‘lishi ehtimoli kuchaymoqda, negaki, Xalqaro energetika agentligining fikricha, neftga bo‘lgan global talab qisqarmoqda, neft zaxiralari esa to‘lib ketdi”, - deyiladi Robertsning hisobotida.

Top