10:47 / 24.12.2015
11031

Times: Merkel Britaniya maxsus xizmatlariga Putin haqida ma'lumot berdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Londonga tashrifi chog‘ida Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari rahbarlaridan IShID guruhi haqida ma'lumot olgan, bunga javoban u britaniyaliklarga Rossiya, uning prezidenti, Ukraina va Qrim haqida ma'lumot bergan, deb yozadi The Times gazetasi Britaniya bosh vazirining devonxonasiga tayangan holda.

Aytilishicha, Merkelning Britaniya razvedkachilari bilan uchrashuvi bosh vazir Devid Kemeron ishtirokida uning shahar chetidagi dala hovlisida 2015 yilning oktabrida bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda, shuningdek, M15 kontrrazvedka xizmati rahbari Endryu Parker, M16 tashqi razvedka xizmati rahbari Aleks Yanger va hukumat aloqa markazi direktori Robert Xanniganlar ishtirok etgan.

Nashrning ta'kidlashicha, ular Merkel xonimga IShID haqida darhaqiqat muhim va yangi ma'lumotlarni berishgan.
Gazetada aytilishicha, ikki davlat razvedkasi tez-tez axborot almashib turadi. Shunga qaramay, axborot almashinuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukumat rahbarlarining ishtirok etishi kamdan-kam uchraydigan holdir.

Top