11:00 / 24.12.2015
4836

Ukraina ichki ishlar vaziri kutilmagan paytda iste'foga chiqishi mumkin

Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov “Ukrainskaya pravda” nashriga bergan intervyusida kutilmagan paytda iste'foga chiqishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Dekabr oyining boshida “Jamoat lyustratsiya qo‘mitasi” tashkiloti Avakovning iste'fosi uchun imzo to‘plashni boshlagan edi. Amaldor bu tashabbusga munosabat bildirdi.
“Bu muammo emas. Quloq soling, men kerak deb hisoblaganimda bu kutilmagan, lekin to‘g‘ri qarorga kelishim mumkin.

Parlamentning irodasi bo‘lsa, agar ko‘pchilikning fikri shunday bo‘lsa, iste'fo uchun ovoz berish va gapni ko‘paytirmaslik kerak. Bu haqqoniy va to‘g‘ri bo‘ladi”, - ta'kidladi vazir.

Top