11:47 / 24.12.2015
4179

Xitoy: Suriya hukumati taqdirini Suriya xalqi hal qilishi kerak

Suriya kelajagi va mamlakat hukumati, jumladan, uning yetakchilari taqdirini faqatgina Suriya xalqi belgilashi kerak, dedi Xitoy Tashqi ishlari vaziri Van I 24 dekabr kuni.

“Mazkur masalada bizning nuqtai nazarimiz mutlaqo aniq. Biz Suriya kelajagi, uning siyosiy tuzilmasi taqdiri, jumladan, yetakchilarining qismatini suriyaliklar belgilashi lozim, deb hisoblaymiz”, - dedi Van I Suriya TIV rahbari Volid Muallim bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Bundan avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Ining taklifiga binoan Suriya TIV rahbari Volid Muallim 23 dekabrdan 26 dekabrgacha Xitoyda bo‘lishi haqida xabar qilingan edi.

Top