01:01 / 25.12.2015
4625

Afg‘onistonning shimolidagi yo‘l-transport hodisasida 50 dan ko‘p odam halok bo‘ldi

Afg‘onistonning shimolida avtobus va benzovozning to‘qnashishi oqibatida 50 dan ko‘p odam halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda “Sinxua” axborot agentligi.

Yo‘l-transport hodisasi Samangan viloyatidagi yo‘lda sodir bo‘lgan. Avtohalokat aybdorlari haqida hozircha hech qanday ma'lumot yo‘q.

Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

Top