17:14 / 25.12.2015
7263

AirAstana xodimlari kech qolayotgan reys yo‘lovchilaridan uzr so‘rash uchun raqs tushib berishdi

Qozog‘istonning AirAstana aviakompaniyasi xodimlari reysning kech qolishi munosabati bilan yo‘lovchilardan antiqa uslubda kechirim so‘rashdi. Yo‘lovchilardan biri Facebook’dagi sahifasida voqealar qayd qilingan videolavhani joylashtirdi.

Aytilishicha, ichki reyslardan biri 2 soatga kech qolgan. Bu mijozlar orasida bezovtalikka va noroziliklarga sabab bo‘lgan. Yo‘lovchilarning kayfiyatini ko‘tarish va ayni paytda ulardan o‘ziga xos tarzda uzr so‘rash maqsadida bort kuzatuvchilari va styuardessalar salon ichida raqs tushib, jonli kuylab berishgan.

“Bort kuzatuvchilari va fleshmobning boshqa ishtirokchilari ajoyib kayfiyatda edi, yo‘lovchilarning ham ruhini ko‘tarishga urinishdi”, - deb yozadi yo‘lovchilardan biri ijtimoiy tarmoqda.

Sekin-asta styuardessalarning bunday kayfiyatlari yo‘lovchilarga ham o‘tib, ular ham xonishga jo‘r bo‘lishgan. Ayrimlar o‘rnidan turib, rep kuylab berganini videolavhada kuzatish mumkin.
Jamoaviy kuyning yakunida barcha birgalikda “Ostona!” deb bir necha marta takrorladi.

Top