15:12 / 25.12.2015
6679

«Ash-Shabob» Jyeparovdan qarzlarini to‘lamoqchi emas

Saudiya Arabistonining «Ash-Shabob» klubi FIFAning o‘zbekistonlik futbolchi Server Jyeparovga pul to‘lab berish haqidagi qaroriga qarshi apellyatsiya berdi. Bu haqda kooora.com saytiga asoslanib, stadion.uz xabar tarqatdi.

Jyeparov 2013 yilda ar-riyodliklar sharafini himoya qilgan va o‘shanda u maoshining bir qismini ololmagandi. Shundan so‘ng futbolchi klub ustidan FIFAga arz qilgandi.

Mazkur masalani hal qilish maqsadida FIFA «Ash-Shabob» vakili va Server Jyeparovni tashkilotga chaqirgan.

Top