09:52 / 25.12.2015
4719

Bolgariya partiyasi Turkiyani Su-24 samolyoti atrofidagi mojaroda qo‘llab-quvvatlagan o‘z yetakchisini safidan chiqarib yubordi

Bolgariyaning turk kamchiligi manfaatlarini himoya qiluvchi “Huquq va ozodlik uchun harakat” partiyasi rahbariyati Rossiyaning urib tushirilgan Su-24 samolyoti atrofidagi mojaroda Anqarani ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlagan o‘z yetakchisini partiya safidan chiqarib yubordi, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi.

Partiyaga 2013 yildan yetakchilik qilgan Lutfi Maston partiyaning parlamentdagi fraksiyasidan ham chiqarib yuborildi.

Partiya asoschisi va faxriy raisi Axmed Do‘gan partiya rahbariyati yig‘ilishida Bolgariyaning milliy manfaatlariga qarshi chiquvchi istalgan odamni bunday taqdir kutishi bilan ogohlantirdi.

Top