21:30 / 25.12.2015
4601

IShID safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan do‘stiga 350 dollar qarz bergan krasnoyarsklik sud oldida javob beradigan bo‘ldi

Suriyadagi IShID safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan do‘stiga 350 dollar qarz bergan krasnoyarsklik sud oldida javob beradigan bo‘ldi. Bu haqda Krasnoyarsk o‘lkasi prokuraturasi saytida ma'lum qilindi.

Tergov versiyasiga ko‘ra, Shamanayev S.V. ismli ayblanuvchining do‘sti 2013 yil kuzida undan pulni olib, uni Turkiyaga borish uchun ishlatgan. U Turkiyadan Suriyaga o‘tib, u yerda Suriya hukumatiga qarshi kuchlar tomonida jang qilish maqsadida noqonuniy qurollangan tuzilmalar safiga qo‘shilgan.
Ayblanuvchining uyi tintuv qilinganda uning uyida gyohvand moddalar aniqlangan. Unga nisbatan “Terrorchilikni moliyalashtirish” va “Katta miqdorda gyohvand moddalarni noqonuniy sotib olish va saqlash” moddalari bo‘yicha jinoiy qo‘zg‘atildi.

Ayblanuvchi 5 yildan 10 yilgacha koloniyada ozodlikdan mahrum etilish va 500 ming rubl jarima to‘lash jazosiga mahkum qilinishi mumkin. Ushbu jinoiy ish Moskva okrugi harbiy sudiga topshirildi.
Ayblanuvchining Suriyaga ketgan do‘stiga nisbatan “Noqonuniy xalqaro tuzilmada ishtirok etish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. U xalqaro qidiruvga berilgan.

Top