20:38 / 25.12.2015
7264

Marhum xonanda Janna Friskening mol-mulki hibsga olinishi mumkin

Marhum rossiyalik xonanda Janna Friskening mol-mulki agar uning yaqinlari xonandaning saratondan davolanishi uchun yig‘ilgan xayriya pullari nima maqsadlarga ishlatilgani haqida hisobot bermasalar, hibsga olinishi mumkin.

Friskening oilasidan xarajatlar haqidagi hisobot berilishini bu pullarni yig‘ishga ko‘mak bergan “Rusfond” jamg‘armasi talab qilmoqda. Pullarning bir qismi xonanda davolangan AQShdagi shifoxonaga to‘lab berilgan, yana bir qismi xayriya ishlariga o‘tkazib berilgan.

Qolgan 25 mln rubl xonandaning shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazib berilgan, chunki qonunga ko‘ra xayriya jamg‘armasi o‘z hisobida xayriya pullarini bir yildan ko‘proq vaqt ushlab turishga haqqi yo‘q.

Friskening yaqinlari bu pullar qayerga ketgani haqida to‘liq hisobot berishmagan. Ular faqatgina 4,5 mln rubl bo‘yicha hisobot berishgan. Jamg‘arma qolgan 20 890 831 rubl bo‘yicha ham hisobot berishni so‘ragan hamda buni 2016 yilning 15 yanvarigacha amalga oshirishni so‘rab xonandaning oilasiga yozma ravishda murojaat qilgan.

Agar Friskening ota-onasi va turmush o‘rtog‘i Dmitriy Shepelev bu talabni bajarmasalar, unda ular qarz bo‘yicha barobar javob berishlariga to‘g‘ri keladi, deb aytmoqda huquqshunos Vladislav Kocherin.

Uning aytishicha, xonandaning merosxo‘rlari hisobotning yo‘qligini asoslab berishlari kerak bo‘ladi, chunki qarz beruvchi “Rusfond” jamg‘armasi Friskening mol-mulkiga da'vogarlik qilishi mumkin. Shu sababli xonandaning mol-mulki sud chorasi sifatida hibsga olinishi mumkin. Odatda bunday vaziyatlarda kreditorlar tomonidan pul vositalarini undirish haqida da'vo arizasi topshiriladi, unga ko‘ra barcha tafsilotlar aniqlanmaguncha qarzdorning bor mol-mulki hibsga olinishi mumkin. So‘ngra sud mol-mulkning qanday qismi qarz beruvchiga, qanday qismi merosxo‘rlarga o‘tishini hal qiladi.

Top