“Oila davrasida” gazetasining navbatdagi sonida bozorlarda sotilayotgan non mahsulotlari gigiyena qoidalariga mos bo‘lmagan sharoitlarda saqlanishi tanqid ostiga olindi.
“Bozorlardagi nonfurushlarning savatlari, qutilari va bolalar aravachalaridagi nonlar ustiga kir-chir mato, (ularni dasturxon deyishga til bormaydi) uvadasi chiqqan ko‘rpacha yoki eski adyol yopilgan bo‘ladi”, - deb ta'kidlaydi maqola muallifi.
Shuningdek, u “non mixlab qo‘yish” odatini ham eslab o‘tdi: “Nonfurushlarning g‘ashni keltiradigan yana bir qilig‘i bor. Ular uylari oldidagi chang-to‘zon ko‘tarilib turadigan katta ko‘cha bo‘yidagi stul yoki kursiga nonni mixlab yoki shundoq tashlab qo‘yaverishadi. Bu ularning “jonli reklama”si bo‘lsa kerak”.