08:55 / 25.12.2015
11133

O‘zbek olimlari ko‘zoynakli ilon zahridan dorivor preparat olish usulini ixtiro qilishdi

O‘zbek olimlari ko‘zoynakli ilon zahridan olingan analgetik va fibrozga qarshi faollikka ega bo‘lgan dorivor preparat va uni olish usulini ixtiro qilishdi.

Mazkur ixtiro farmasevtika sanoati, tibbiyot, parenteral qabul qilish uchun analgetiklar sifatida yoki fibrozli kasalliklar va holatlarni davolash va oldini olishda qo‘llash uchun dorivor vositalarda foydalanishga mo‘ljallangan.

Preparat va usulning vazifasi ko‘zoynakli ilon zahridan farmakologik faollik doirasi keng bo‘lgan, oson usulda tayyorlanadigan, arzon va hammabop dori preparatini ishlab chiqishdan iborat.

Mualliflar - B.R.Rasulov, A.Ya.Yarmatov, O.B.Rasulov va I.B.Rasulovaga ushbu ixtiro uchun № IAP 05115 raqamli patent berildi.

Top