14:08 / 25.12.2015
4545

O‘zbekistonni baliq mahsulotlari bilan ta'minlash uchun 400 ming tonna baliq kerak bo‘ladi

O‘zbekiston aholisini baliq mahsuloti bilan yetarlicha ta'minlash uchun yiliga 400 ming tonna baliq yetishtirish kerak bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekistonda baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba stansiyasi direktori Ruhullo Qurbonov ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, 1 kishi yiliga 11 kilogramm baliq iste'mol qilishi lozimligini ta'kidlaydi. Dunyoda bu ko‘rsatkich 2000 yilgi ma'lumotga asosan, o‘rtacha 16,6 kilogrammni tashkil etgan. O‘zbekistonda buning uchun yiliga 400 ming tonna baliq yetishtirish kerak bo‘ladi. Shu bois baliqchilik sohasini anchayin kengaytirish, kerak bo‘lsa, har bir qishloqda baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish talab etiladi.

“Baliq yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2009-2011, 2012-2015 yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturlar qabul qilingan edi, — uning so‘zlarini keltiradi “Oila davrasida” gazetasi. — Natijada tarmoqning ishlab chiqarish quvvati qayta tiklandi va servislarga asos solindi. Baliq yetishtirish hajmi ham jadal oshdi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida aholiga 46534 (sun'iy havzalardan — 30381, tabiiy havzalardan — 16153) tonna baliq yetkazib berildi. Shuningdek, 9,5 ming gektarlik havzalar maydoni salkam 20 ming gektarga kengaydi”.

Top