15:29 / 25.12.2015
4135

«Paxtakor» Odil Ahmedovning ukasini o‘z safiga qo‘shib oldi

«Navbahor» jamoasi yarim himoyachisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning ukasi Azim Ahmedov kelgusi mavsumdan boshlab «Paxtakor» sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Bu haqdagi xabar futbolchining o‘zi tomonidan tasdiqlangan.

Avvalroq unga «Neftchi» tomonidan qiziqish bo‘layotgandi. Endilikda Ahmedov «sherlar» sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Ayni paytda Ahmedov toshkentliklar bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Bundan tashqari «sherlar» safida «Neftchi»ga ijaraga berilgan Abbos Maxstaliyev ham mashg‘ulot o‘tkazgan.

Top