14:49 / 25.12.2015
10608

Urganchda qalloblikka qo‘l urgan ota-o‘g‘il qassoblar qo‘lga olindi

Urganchda qalloblikka qo‘l urgan ota-o‘g‘il qassoblar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.Aytilishicha, 40 yoshli qassob Boynazar Bekchanov farzandi Og‘abek bilan odamlarning ho‘kiz olib, go‘shtini sotib kelgan. Odatda pulni go‘sht sotilganidan berish kelishib olingan.

Mana shu holatdan foydalanib ota-o‘g‘il ho‘kizlarni olib ketib, egalariga uzoq payt pulini bermay yurishni odat qilishgan. Shu yo‘l bilan ular Chandirqiyot qishlog‘ida yashovchi Norbek ismli fuqaroga 13.8 mln so‘m, Otabek Yuldoshev ismli kishiga 7.3 mln so‘m moddiy zarar yetkazishgan.Jabrlanuvchilarning arizalariga muvofiq qassoblar qo‘lga olinib, javobgarlikka tortilgan.

Top