15:55 / 25.12.2015
2664

Vazirlik va idoralarning 632ta obekti virtual xususiy tarmoqqa ulandi

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimi doirasida optik tolali aloqa liniyalari bo‘yicha 1Gbit/s.gacha tezlikda ma'lumotlar uzatish imkoniyati bilan idoralararo virtual xususiy tarmoq (VPN) kanali yaratish ishlari olib borildi.

25 dekabr kuni “O‘zbektelekom” AK tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, vazirlik va idoralarning 632ta obekti tizimga ulandi. Xususan, Ichki ishlar vazirligining 210ta obektigacha 236,4 kilometrlik optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish yo‘li bilan IIV ichki idoraviy tarmog‘ini tashkil etish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, “Umummilliy ta'limiy elektron kutubxonalar” resurslariga ulash maqsadida 702ta umumta'lim maktabigacha 585 kilometrlik, 200ta kasb-hunar kollejigacha esa 796 kilometrlik optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Bu esa ta'limga AKTni faol joriy etish imkonini kengaytirdi.

Top