16:09 / 26.12.2015
7396

Alisher Usmonov Moskvaning "Dinamo" jamoasi qarzlarining bir qismini to‘lab berdi

USM Holdings rahbari, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov Moskvaning "Dinamo" jamoasiga ham moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi va jamoa qarzlarining bir qismini to‘lab beradi. Bu haqda jamoaning sobiq prezidenti Arkadiy Rotenbergga asoslanib, "R-Sport" nashri xabar qilgan.

Uning aytishicha, Usmonov ushbu jamoaning muxlisi hisoblanadi va bundan keyin ham jamoa bilan hamkorlikni davom ettiradi.
"Ha Usmonov "Dinamo"ga yordam berdi. Va u bir martalik yordam bilan cheklanib qolmaydi, kelgusida ham jamoa bilan hamkorlik davom etishi kutiladi. U sobiq dinamochi. Shuning uchun u jamoaga yordam berishga hamisha tayyor.
VTB hozircha ajratilgan mablag‘ni "Dinamo" hisobiga o‘tkazmadi. Yaqin vaqt ichida pul kelib tushadi.

"Dinamo"ning moliyaviy barqarorligini ta'minlash haqida jiddiy o‘ylab ko‘ramiz. Lekin hali yana qarz olishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Pul bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda, lekin kelgusida bu muammo jiddiy muhokama qilinadi", deydi Rotenberg.

Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga Kapello bilan shartnomani bekor qilish uchun 300 mln rubl ajratadi

Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga bergan qarzini kechib yubordi

Alisher Usmonov Rossiyada madaniyat va san'at sohasida yil homiysi bo‘ldi

Mutko: Alisher Usmonov Yevro-2016ga chiqqan Rossiya terma jamoasining mukofot pullarini to‘lab beradi

Top