08:27 / 26.12.2015
15986

Erdo‘g‘an bir odamni o‘z joniga qasd qilishdan qutqarib qoldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bir odamni o‘z joniga qasd qilishdan qaytarib qoldi, deb xabar bermoqda Erdo‘g‘an ma'muriyatiga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi.

Prezident korteji Bosfor ko‘rfazi orqali o‘tgan ko‘prikdan juma namoziga ketayotganda prezident qo‘riqlash xizmati va Erdo‘g‘anning yordamchilari yo‘lda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan bir erkakni ko‘rib qolishgan. Prezident vakillari Erdo‘g‘an u bilan gaplashmoqchi ekanligini aytib, uni prezident avtomobili yoniga olib borishgan.

Ta'kidlanishicha, Erdo‘g‘an erkak bilan gaplashgani mashinadan tushmagan. Bundan tashqari, Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatlashishni davom ettiravergan. Biroq u erkakka yordam berishga va'da bergan. Erdo‘g‘an ma'muriyati vakillarining aytishicha, erkak oilaviy muammolar sababli qattiq iztirob chekkan va o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.  

Top