16:50 / 26.12.2015
12371

FVV: Toshkentda 26 dekabr kuni avvalida sezilgan zilzila kuchi 3 ball bo‘lgan

26 dekabr, shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:16da kuchli bo‘lmagan, biroq davomli yer silkinishi kuzatildi. Zilzila kichik oraliq vaqt bilan ikki marta sezildi.

Yerosti silkinishlari O‘zbekistonning 6 hududida qayd etilgan.

«Toshkent» seysmostansiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Toshkentdan 527 km narida Afg‘onistondagi Hindikush tog‘larida joylashdi. Episentrda zilzila magnitudasi 6,3ga teng bo‘ldi.

Yerosti silkinishlari kuchi Toshkentda va Farg‘onada — 3 ball, Samarqandda — 3,5 ball, Jizzaxda — 3 ball, Surxondaryo viloyatida — qariyb 3 ball, Gazlida 2 ballni tashkil etdi.

Vayronalar va qurbonlar haqida ma'lumot kelib tushmadi, deb xabar qiladi FVV axborot xizmati.

Top