09:32 / 26.12.2015
9203

Pokistonda zilzila oqibatida 40 ga yaqin kishi jabrlandi

Pokistonning Peshovar shahrida 37 kishi Afg‘onistonda yuz bergan zilziladan keyin shifoxonaga yetkazildi, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.

AQSh Geologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila kuchi 6,3 magnitudani tashkil qilgan. Yer silkinishlari, shuningdek, Hindistonning Dehli shahrida ham sezilgan.

O‘z navbatida Pokiston meteorologik byurosi zilzila markazi boshqa yerda va uning kuchi 6,9 magnitudani tashkil qilganini aytmoqda.

Ta'kidlanishicha, odamlar eski binolarning elementlari qulashi oqibatida jarohat olgan. Hududning shifoxonalarida favqulodda vaziyat tartibi amal qilmoqda.

Ushbu zilzilaning kuchi 26 dekabr tungi 0:15 larda O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi.

Top