22:49 / 26.12.2015
5655

Prezident sovg‘alari hududlarga yetkazilmoqda

Mehribonlik va Muruvvat uylari o‘g‘il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun Prezident sovg‘alari tayyorlanib, joylarga yetkazilmoqda.

O‘zA xabariga ko‘ra, sovg‘alar 29 dekabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, “Sen yolg'iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg‘armasi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida ushbu bayramni yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida bolajonlar uchun turli-tuman, ajoyib tuhfalar tayyorlandi.

Ayni kunlarda mas'ul tashkilotlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarga Prezidentimizning bolajonlarga atalgan Yangi yil sovg‘alarini yetkazish ishlari boshlab yuborilgan.

Top