15:53 / 26.12.2015
12540

XII Al Hakim at Termiziy xotira turniri final bellashuvi yakunlandi

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan Al Hakim at Termiziy xotira turniri final bellashuvi yakunlandi.

Unda 2012 yil Amir Temur xalqaro turniri sovrindori, 2013 yil Al Hakim at Termiziy xotira turnirlari mutloq g‘olibi Samijon Ubaydullayev yana bir nomdor polvon Kurash bo‘yicha Jahon chempioni Muhsin Hisomiddinov ustidan g‘alaba qozonib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrinini qo‘lga kiritdi. 3-o‘rinlar esa Abdulla Xoliyorov va Umid Jo‘rayevlarga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 25 dekabr kuni Termiz shahrida 11-bora tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at Termiziy xotira turniri boshlangan edi. Unda har bir viloyatdan 4 nafardan, mezbon Surxondaryo viloyatidan 10 nafar hamda Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari to‘liq tarkibi kuch sinashishdi.

Top