11:17 / 26.12.2015
3225

Xitoyda shaxta buzilishi oqibatida 18 kishi vayronalar ostida qoldi

Xitoy sharqidagi gips konidagi shaxta buzilib ketishi natijasida 18 kishi vayronalar ostida qolmoqda. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatdi.

Bu voqea Shandun viloyatidagi konda ro‘y bergan. Qutqaruvchilar shu vaqtgacha 10 nafar konchini xarobalar ostidan chiqarib olishgan.

Hozirda 18 nafar konchi shaxtaning 2ta alohida bo‘limlarida qolishmoqda. Tunnelning buzilishi tufayli ular turgan joygacha yetib borish qiyinlashgan.

Qayd etilishicha, bu shaxtaning buzilishiga zilzila sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu ma'lumot tekshirilmoqda.

Top