11:34 / 26.12.2015
4028

Xitoydagi yer ko‘chkisidan 1 hafta o‘tib, 75 kishining taqdiri noma'lumligicha qoldi

19 dekabr kuni Xitoy janubidagi Guandun viloyatida joylashgan Shenchjen shahrida yuz bergan yer o‘pirilishi hodisasidan 1 hafta o‘tgach, yer ostida qolib ketganlar xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut saqlash marosimi o‘tkazildi. Unda qutqaruvchi guruhlar vakillari va rasmiy kishilar ishtirok etishdi.

Shu vaqtgacha 75 kishi bedarak ketgan deb hisoblanib kelmoqda. Yer o‘pirilishi yuz bergan hududdan bir kishi omon chiqdi, yana 4 kishining jasadi topildi.

Bundan oldinroq, Xitoydagi halokatli yer o‘pirilishiga noqonuniy chiqindixona sabab bo‘lgani haqida xabar qilingandi.

Ko‘chki sodir bo‘lgan hududda 30ta uy "yer ostiga kirib ketgan". Qutqaruv ishlarida minglab kishilar ishtirok etishdi.

Top