16:27 / 27.12.2015
7822

Bryus Uillis efir vaqtida teleboshlovchi bilan "qo‘l jangi"ga kirishdi

Gollivud aktyori Bryus Uillis to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir chog‘ida teleboshlovchi Stiven Kolbert bilan "qo‘l jangi"ga kirishdi.

Bu holatning YouTube portaliga joylashtirilgan tasvirida ko‘rish mumkinki, ular The Late Show with Stephen Colbert ko‘rsatuvi vaqtida jangari kinolardan sahna ko‘rinishni ijro etib, turli yasama buyumlarni bir-biriga uloqtira boshlagan.

Bu ko‘rsatuv tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan, ular haqiqiy sahnalardan deyarli farq qilmagani e'tirof etilgan.

Top