20:47 / 27.12.2015
4434

Fransiya musulmonlari barcha fransuzlarni ishonch haqida suhbatlashib olish uchun masjidlardagi choyxo‘rlikka taklif qildi

Fransiya musulmonlari 2016 yilning yanvar oyida mamlakatdagi barcha masjidlarda ochiq eshiklar kuni o‘tkazilishi tashabbusi bilan chiqdi. Islom tarafdorlari barcha xohlovchilarni tinchlik va birdamlik nomi ostidagi “birodarlik choyxo‘rligi”ga taklif etadi, deya elon qildi Frantsuz musulmonlar kengashi rahbari Anuar Kbibesh. Bu haqda TASS ma'lum qildi.

Mazkur aksiya 2016 yilning 9 va 10 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Kbibeshning so‘zlariga ko‘ra, aksiya maqsadlaridan biri “11 yanvar ruhini xotirlash”dan iborat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rona Alplari hududidagi masjidda ochiq eshiklar kunlari o‘tkazildi va mazkur tashabbus yuqori baholandi. Bu kabi tadbirlar Fransiyaning turli shaharlarida Yevropa merosi kunlari munosabati bilan o‘tkazildi.

Ochiq eshiklar kunlarida Fransiya masjidlarida barcha xohlovchilar o‘zida tinchlik va sabrni mujassam etgan islomning asl qiyofasi bilan tanishtiriladi

“Kelganlarning barchasi istagan barcha savollarini berishi mumkin. Hattoki eng taqiqlanganlarini ham. O‘z ishonchimiz, qanday ibodat qilishimiz haqida so‘zlab beramiz. Bularning barchasi bir piyola choy ustida bo‘lib o‘tadi. Bizning maqsadimiz bir-birimizni yaxshiroq bilish va ishonchsizlik devorini barbod qilishdan iborat”, - deya qayd etdi Anuar Kbibesh.

Islom Fransiyada e'tiqod qiluvchilar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi din bo‘lib, turli ma'lumotlarga ko‘ra mamlakatda 6 million nafargacha inson ushbu din vakili sanaladi.

Top