22:07 / 27.12.2015
10390

IShID jangarilari 2014 yil iyunidan beri Mosulda deyarli 850 ayolni o‘ldirgan

IShID terrorchilik guruhi tarafdorlari Iroqning yirikligi bo‘yicha 2-raqamli shahari – Mosulni 2014 yil iyunda bosib olganidan to shu kungacha shaharda yashagan 837 ayolni o‘ldirgan. Bunday ma'lumotlar Iroqning Naynavo viloyati politsiya boshqarmasining maxsus hisobotida keltirilgan. Mosul Naynavo viloyatining poytaxti hisoblanadi.

Politsiya boshqarmasi boshlig‘i Zanun as-Sabaviyning aytishicha, “bu vaziyatda faqatgina jasadi shahar o‘likxonasiga berilib, u yerda qayd qilingan ayollarning o‘ldirilganligi tasdiqlangan holatlar haqida gap ketmoqda”. As-Sabaviyning aytishicha, ko‘pchilik ayollar IShID tomonidan Mosulda shakllantirilgan maxsus shariat sudi tomonidan hukm chiqarilgandan keyin otib o‘ldirilganlar.

As-Sabaviyning ta'kidlashicha, jangarilar tomonidan o‘ldirilgan barcha ayollar dunyoviy kasblar bilan shug‘ullanishgan. Asosan bu ayollar turli darajadagi saylov qonunchiligi organlari, Mosul ma'muriyati xodimalari, viloyat saylov komissiyasi a'zolari, mahalliy universitet, maktab o‘qituvchilari, sartarashxona va go‘zallik salonlari xodimalari bo‘lgan.

Top