07:25 / 27.12.2015
16140

Moskva IShIDga qarshi kurashda O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash maqsadida Rossiya o‘z hamkorlari, shu jumladan Markaziy Osiyo va xususan, O‘zbekiston bilan aloqalarni kuchaytirmoqda, deb aytdi 2015 yildagi O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari yakunlariga bag‘ishlangan davra suhbati davomida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev.

Tyurdenevning aytishicha, Moskva IShID kabi yovuzlik bilan samarali kurash uchun butun jahon hamjamiyati sa'y-harakatlarini birlashtirish zarurligini ta'kidlamoqda, BMT nizomi qoidalari negizida hech qanday siyosiylashuv va shartlarsiz keng koalitsiya shakllantirishni yoqlab chiqmoqda. 

“Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika hududidan solinayotgan terrorchilik xavfini bartaraf qilish bugungi kunda o‘ta muhim vazifa hisoblanadi. Bizning davlat uchun Rossiyaga qarshi qaratilgan terrorchilik salohiyatiga qarshi uzoq sarhadlarda kurashish muhim vazifa hisoblanadi, o‘zishga ishlash kerak”, deb aytdi Tyurdenev.

“IShID va unga o‘xshash guruhlarning g‘oyasi islomni obro‘sizlantiradi. Biz islom va boshqa sivilizatsiyalar bilan qarama-qarshilik bilan emas, balki butun jahon hamjamiyatiga solinayotgan terrorchilik tahdidiga duch kelmoqdamiz. Terrorchilik barcha dunyo dinlarining bir necha asrlik qadriyatlarini yo‘q qilmoqda. Ularning vahshiy hujumlari davlatlarning manfaatlari, ularda yashovchi xalqlar huquqi va erkinliklari, butun insoniyatga xavf solmoqda”, deb ta'kidladi Tyurdenev. 

Tyurdenev Rossiya va O‘zbekistonning dolzarb xalqaro masalalar bo‘yicha fikrlari mos tushishi yoki bir-biriga juda yaqin ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Ikki tomon tinchlik va barqarorlikning mustahkamlanishi, milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha sa'y-harakatlarni oshirishni yoqlab chiqadi. Bu ish O‘zbekistonning 2015-2016 yillarda ShHTda raislik qilishi va tashkilotning Hindiston va Pokiston hisobiga kengaytirilishi bilan alohida dolzarblikka ega bo‘ladi.

Bu yo‘nalishda kelishilgan sa'y-harakatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi tasdiqlandi. 

Top