19:43 / 27.12.2015
2384

Ozarbayjon neft platformasidagi yong‘in qurbonlari soni 8 nafarga yetdi

Qutqaruvchilar Kaspiy dengizining turkman sektoridan neftchilardan birining jasadini topishdi. Bu bilan Ozarbayjonning “Gyuneshli” neft platformasida kelib chiqqan yong‘in qurbonlari soni sakkiz nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Ozarbayjon FVV matbuot xizmati.

"Berkar" kemasida Turkmaniston qirg‘og‘idan 60 kilometr masofada olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida erkak kishining jasadi aniqlandi... uning jasadi turkmanlarning "BAYAN" kemasi bortiga ko‘tarib olinganidan so‘ng Turkmanboshi portiga yetkazildi”, - deyiladi xabarda.

Mahkamaning aniqlik kiritishicha, halok bo‘lgan shaxs Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi ishchisi Iman Gasimov bo‘lib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 5 dekabr kuni Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasiga tegishli neft platformasida yong‘in ro‘y bergan edi. Oqibatida eng kamida 30 kishi halok bo‘lgan, 33 kishining hayoti qutqarib qolingan bo‘lsa, 22 kishi bedarak yo‘qolgan, deb e'lon qilingan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in bo‘ronli ob-havo sharoitida gaz liniyasining ishdan chiqishi oqibatida yuzaga kelgan. Bundan tashqari, olov platformadagi neft va gaz quduqlariga o‘tgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.

Top