17:00 / 27.12.2015
4337

Qo‘rg‘ontepa Muruvvat uyida yangi yotoqxona foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyida ”Mehrga muhtoj farzandlarimizga mexr berib, bahra olaylik” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shu kuni 180 o‘rinli yotoqxona binosini ochilish marosimi ham o‘tkazildi.

Mehnat vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, bayram tadbirida Andijon viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi, harbiy prokuraturasi, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi, davlat soliq inspeksiyasi vakillari ishtirok etishdi.

“Vatan” harbiy orkestri qo‘shiqlari bayramga alohida fayz bag‘ishladi.

To‘yga to‘yona bilan, deganidek, tashrif buyurgan mehmonlar homiylik asosida yangi bino uchun gilamlar va boshqa kerakli anjomlar sovg‘a qilishdi.

Top