21:12 / 27.12.2015
5843

Rayan Giggzning akasi futbolchining gunohidan o‘tdi

Rayan o‘z akasini Yangi yil bazmiga taklif qildi. Roddi Giggz ushbu taklifni qabul qildi. Bu haqda 27 dekabr kuni Daily Mail xabar qildi. Qarindoshlarning Yangi yilni aynan qayerda nishonlashi ma'lum qilinmadi.

Bundan avvalroq esa futbolchining akasi Rayan birinchi qadamni tashlagan taqdirda yarashishi mumkinligini ma'lum qilgan edi. 2015 yilning aprel oyida sportchi qilmishi uchun uzr so‘ragan edi. U akasining turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatlarni to‘rt yil muqaddam to‘xtatgan bo‘lgan, biroq bu nikohning barbod bo‘lishiga ta'sir ko‘rsata olmadi — Rodri va Natasha 2013 yilda ajrashishdi.

Top