12:55 / 27.12.2015
11482

Server Jyeparov A Ligaga yo‘l olishi mumkin

Avstraliya sekin-asta mamlakat ichki birinchiligi ommabopligini oshirish niyatida.

2015 yil avvalida Avstraliya Osiyo kubogiga mezbonlik qilgandi. Ushbu yurt qit'a chempionatini yuqori saviyada o‘tkazib bera oldi. Endilikda avstraliyaliklar A Ligani ham kuchaytirish borasida o‘ylashmoqda.

Bu borada qilinishi kutilayotgan asosiy ishlardan biri – A Liga ommabopligini oshirish va stadionlarga muxlislar oqimini ko‘paytirish maqsadida nomdor legionerlarning taklif etilishi sifatida ko‘rilmoqda.

Sydney Morning Herald nashri yaqin vaqt ichida Avstraliya A Ligasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan futbolchilar yigirmataligini tuzib chiqdi. Undan O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Server Jyeparov ham o‘rin oldi.

Bundan oldinroq, Jyeparov Koreyaning "Ulsan Xyunday" jamoasidan ketgani haqida xabar qilingandi.

Sydney Morning Herald yigirmataligi:

Tomash Rositski (35, Arsenal - Chexiya)
Antonio di Natale (38, Udineze - Italiya)
Robino (31, erkin agent, Braziliya)
Fred (32, Fluminense - Brazilii)
Ze Roberto (41, Palmeyras - Brazilii)
Miroslav Kloze (37, Latsio - Germaniya)
Ahmad Halil (24, Al Ahli - BAA)
Umar Abdulrahmon (24, Al Ayn - BAA)
Shensuke Nakamura (37, Iokogama Marinos - Yaponiya)
Xaver Saviola (34, River Pleyt - Argentina)
Chjen Chji (35, Guanchjou Evergrand - Xitoy)
Andres D'Alessandro (34, Internasonal - Argentina)
Ronaldino (35, erkin agent - Braziliya)
Diyego Milito (36, Rasing - Argentina)
Emmanuel Adebayor (31, Tottenxem - Togo)
Georgios Samaras (30, erkin agent - Gretsiya)
Eyden Makgidi (29, Everton - Irlandiya)
Dario Srna (33, Shaxtyor Donetsk - Xorvatiya)
Yasuxito Endo (35 Gamba Osaka, Yaponiya)
Server Jyeparov (33, Ulsan Xyunday – O‘zbekiston).
Ta'kidlash joiz, ortda qolgan mavsumda Avstraliya A Ligasida ikkinchi pog‘onani egallagan “Sidney FK” jamoasi Jyeparovga qiziqish bildirayotgan edi.

Top