21:46 / 27.12.2015
4006

Sobiq futbolchi Rayan Giggz van Gaal o‘rniga “Manchester Yunayted” bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

“Manchester Yunayted” futbol klubining ertalabki mashg‘uloti klubning sobiq futbolchisi Rayan Giggz murabbiyligida o‘tkazildi.

Ma'lum qilinishicha, jamoaning bosh murabbiyi Lui van Gaal mashg‘ulotlarga kelmagan.

Bundan avval “MYu” “Stok Siti”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, chempionatda ketma-ket 4-mag‘lubiyatga uchradi.

Giggz van Gaal iste'foga chiqarilsa, mavsum oxirigacha jamoaga murabbiylik qilishi varianti ham mavjud.

Top