17:05 / 27.12.2015
3894

Stallone Sennaning shlemi va Alining qo‘lqopini auksionda sotib yubordi

Gollivud aktyori Silvestr Stallone auksion savdolarida “Formula-1” avtopoygalari bo‘yicha uch karra jahon chempioni Ayrton Senna va bokschi Muhammad Alining qo‘lqoplarini sotib yubordi. Bu haqda Speedweek xabar bermoqda.

Auktsionda Sennaning o‘zi tomonidan 1994 yilda Stallonega hadya qilingan shlemga 43,75 ming dollar to‘lagan 69 yoshli Nyu-York fuqarosi ega chiqdi. Alining qo‘lqoplari esa 47,5 ming dollarga sotildi.

“Ushbu buyumlar hayotimning bir qismi edi va ularning har biri bebaho xotiralar bilan bog‘liq. Biroq xotiralar yetarlicha bo‘lgan vaqt keldi, buyumlar esa endi kerak emas”, - dedi Stallone.

Top