13:53 / 27.12.2015
3340

Washington Post: AQSh politsiyasi bir yilda 1000 fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi

Amerika politsiyasi 2015 yil davomida taxminan ming kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, deyiladi Washington Post tadqiqotida. 2015 yil 24 dekabr holatiga ko‘ra, politsiya zo‘ravonligi natijasida AQShning 965 nafar tinch aholisi vafot etgan, ularning 564 nafari politsiya bilan to‘qnashuvlarda to‘pponcha bilan qurollangan, 281 nafari esa boshqa turdagi qurollarda qarshilik ko‘rsatgan. 90 kishi esa qurolsiz holatda ekanida politsiya tomonidan o‘ldirilgan.

Afroamerikaliklar mamlakat aholisining 6 foizini tashkil etsa ham, 2015 yilda politsiya qurbonlarining 40 foizi aynan qurolsiz qora tanli fuqarolardan iborat bo‘lgan. Aksariyat holatlarda esa politsiya qandaydir qurol bilan kimgadir tahdid qilgan oq tanli kishiga qarata o‘q uzgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning avgust oyida Sent-Luis (Missuri shtati)da noroziliklar qaytadan uyg‘ongan edi. Ularga o‘tgan yildagidek, politsiya tomonidan afroamerikalik fuqaroning otib tashlangani sabab bo‘ldi. To‘planganlarni tarqatish uchun tartibni saqlash xodimlari ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalangan edi.

Top